Bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriq va vazifalarni mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish maqsadida Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Z. Shodiyeva Quyichirchiq tumani O‘jakent va Gul MFY aholisi bilan mazkur hududda joylashgan oilaviy shifokorlik punktida uchrashuv o‘tkazdi.

 

Tadbir davomida O‘zXDP Quyichirchiq tuman kengashi tomonidan partiyaning bir nafar faol a’zosiga faxriy yorliq berildi va ikki nafar fuqaro partiyaga a’zo qilindi. Uchrashuv qiziqarli va fikr-mulohazalarga boy tarzda o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat Z. Shodiyeva Mingchinor MFY da ham bo‘ldi. U yerda "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish