A’zolik guvohnomalari topshirildi

 

O‘zbekiston XDP Toshloq tuman tashkiloti tomonidan «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!» shiori ostida tumandagi «Nayman» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Nayman OShP boshlang‘ich partiya tashkilotida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston XDP safiga qabul qilingan xotin-qizlarga partiya tashkiloti ijrochi kotibi G. Raximova va tuman tibbiyot birlashmasi BPT raisi S. Karimovlar tomonidan a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Shuningdek, partiyaning faol a’zolariga O‘zbekiston XDP ning esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish