Qiz bola tarbiyasi – jamiyat tarbiyasi

 

O‘zbekiston XDP Parkent tuman kengashi tomonidan “Beshkappa” mahalla hududidagi 46-maktab bilan hamkorlikda “Qiz bola bo‘lg‘usi oila bekasi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Muloqotda so‘zga chiqqan viloyat kengashi raisi o‘rinbosari A. Sodiqov, Xotin-qizlar va yoshlar ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i S. Ahmedovalar farzand tarbiyasi, uning jamiyat ravnaqida tutgan o‘rni va roli haqida so‘zlab berishdi.

Qiz bola nazokatli, iffatli, iboli, oqila, mehribon bo‘lishi lozimligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir davomida maktabda tashkil etilgan “Qizlarjon klubi” a’zolari tomonidan “Kelinlar qo‘zg‘oloni” sahna ko‘rinishining zamonaviy talqinda ijro etilishi mavzuni yanada mazmunan boyitib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Shuningdek, 5 nafar xotin-qiz XDP a’zoligiga qabul qilinib, ularga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish