Saylovga tayyorgarlik jarayonlarida xotin-qizlar va yoshlarning faolligini oshiriladi
Saylovga tayyorgarlik jarayonlarida xotin-qizlar va yoshlarning faolligini oshiriladi

 

Bugun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi media-markazida “Saylovga tayyorgarlik jarayonlarida xotin-qizlar va yoshlarning faolligini oshirish” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi mas’ullari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy Majlis hamda Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, Xalq deputatlari Toshkent shahar hamda Toshkent viloyat Kengashlari deputatlari, partiyaning “Ayollar” hamda “Yoshlar” qanotlari faollari, OAV xodimlari ishtirok etgan tadbirni kirish so‘zi bilan Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Sharipov Firdavs Xolnazarovich ochib berdi. Firdavs Xolnazarovich o‘z so‘zida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari, bunda xotin-qizlar va yoshlarning faolligini oshirish masalalari haqida gapirdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, so‘nggi vaqtlarda jamiyatda ayollarning mavqei mustahkamlanib bormoqda. Davlat tashkilotlari, jamoat xizmatlarida ayollar keng faoliyat yuritmoqda, boshqaruvdagi roli ham ortib bormoqda. Yoshlar masalasi ham hamisha davlatimizning e’tiborida. Shu boisdan ham siyosiy jarayonda xotin-qizlar, yoshlarning faolligini oshirish, ularning o‘z konstitutsiyaviy huquqidan erkin foydalanishi, o‘zlari tanlagan nomzodga ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, saylovga tayyorgarlik jarayonlariga keng jalb etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Tadbirda qatnashgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Qodirxonova Malika Akbarovna Xotin-qizlar va yoshlarning saylov jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’minlash yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi. Saylov qonunchiligiga kiritilgan yangiliklar to‘g‘risida to‘g‘risida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mamajonova Dilbar Raxmatovna ham yoshlarga gapirib berdi.

Uchrashuv samimiy, savol-javobga boy tarzda ketdi. Oliy Majlis hamda Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari muhim siyosiy jarayonda zarur tavsiya va yangiliklar haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishdi.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish