O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Dasturidagi eng muhim takliflar
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Dasturidagi eng muhim takliflar:
— Iqtisodiyotda davlatning faol roli va ishtirokini saqlab qolish;
— Undiriladigan barcha to‘lovlarni (jarima, davlat boji, yig‘im, boshqa majburiy undiruvlar) Davlat budjetiga yo‘naltirish tartibini joriy etish;
— Asossiz xarajatlarga yo‘l qo‘ymaydigan, “Davlat budjeti – xalq mablag‘i” tamoyili asosida uning sarf-xarajatlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Bizning shior — “Birgalikda ijtimoiy davlat sari!”