Ulug‘bek Inoyatov saylovda ovoz berdi

 

Mamlakatimizning barcha hududlaridagi saylov uchastkalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatov rafiqasi bilan birga Shayxontohur tumani Yangi Jarariq mahallasidagi 427-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Mazkur saylov uchastkasida ro‘yxatga olingan jami saylovchilar soni 2065 nafarni tashkil etadi.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish