PLASTIK KARTOCHKA O‘G‘RISI
PLASTIK KARTOCHKA O‘G‘RISI

Shu yilning 25 iyul kuni Yashnobod tumani, Xovos 2-tor ko‘chasida yashovchi 30 yoshli D.T. ismli ayol tuman prokuraturasiga yozgan arizasida noma’lum shaxs «Aviasozlar» dehqon bozori hududida hisobida 3.230.000 so‘m puli bo‘lgan plastik kartochkasini o‘g‘irlatib qo‘yganini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati, Toyloq tumani, Muborak mahallasida yashovchi 20 yoshli U.Z. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Nilufar TO‘RAXONOVA,

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi katta inspektori, leytenant.

← Roʻyxatga qaytish