JINOYAT SODIR BO‘LDI!..
JINOYAT SODIR BO‘LDI!..

BOLALAR ARAVACHASINI O‘G‘IRLAGANDI…

Shu yilning 9 avgust kuni Samarqand viloyatining Tayloq tumanida yashovchi 27 yoshli F.I. ismli ayol IIBga murojaat qilib, noma’lum shaxs uning uyi eshigi oldidan cho‘ntagida 1 200 000 so‘m puli bo‘lgan bolalar aravachasini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Birlik mahallasida yashovchi 24 yoshli Sh.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

AVTOMASHINA OLIB QOCHILGAN

12 avgust kuni noma’lum shaxs Jizzax shahri Xalqobod mahallasi hududida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan 32 yoshli J.Yu.ga tegishli «Lasetti» rusumli avtomashinani haydab qochgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Forish tumani «Egizbuloq» MFY hududidan texnik soz holda topilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Forish tumani «Bog‘don» MFY Bog‘don mahallasida yashovchi 25 yoshli V.Q. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

TURMUSH O‘RTOG‘INI JAROHATLADI

13 avgust kuni Toshkent tumani Keles shahri «Oqibat» mahallasida yashovchi 34 yoshli U.Yu. IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda shu yil 12 avgust soat 01.00larda sobiq pochchasi, 36 yoshli Sh.P. uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashovchi sobiq turmush o‘rtog‘i, 36 yoshli N.Yu. ismli ayolning turli joylariga pichoq bilan urib jarohat yetkazganligini ma’lum qilgan. Natijada N.Yu. kasalxonaga yotqizilgan. Sh.P. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘ZARO JANJAL OQIBATIDA...

14 avgust kuni soat 21:00larda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani «Boburtepa» MFYda yashovchi 29 yoshli B.Ch. uyida o‘zaro janjal oqibatida «Pastol» qishlog‘ida yashovchi pochchasi 38 yoshli E.R.ning boshiga o‘roq bilan urib, jarohat yetkazgan. Natijada E.R. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.Ch. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

68 000 AQSH DOLLARINI OLIB...

2018 yil sentabr oyida Katta Chilonzor 5-tor ko‘chasida yashovchi 25 yoshli A.V. 42 yoshli O.J.ga Xitoy Xalq Respublikasidan shisha va shisha mahsulotlarini olib kelib berishni va’da qilib, undan 68 000 AQSh dollarini olgan. Biroq shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Nilufar TO‘RAXONOVA,

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi katta inspektori, leytenant.

← Roʻyxatga qaytish