FUQAROLIK PASPORTI O‘G‘IRLANGANDA QAYERGA MUROJAAT QILISH KERAK?

Pasport o‘g‘irlangan holda fuqaro bu haqda ariza bilan jinoyat sodir etilgan joydagi yoki fuqaroning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organiga murojaat qiladi.

Bunday ariza qabul qilingani haqida fuqaroga ma’lumotnoma beriladi va u ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

Jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tab chiqqan va tabiiy ofatlar oqibatida pasporti yo‘qolgani to‘g‘risida ariza bilan murojaat etgan va ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etgan shaxslar ham ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

 

Adliya vazirligining telegramdagi

«Huquqiy axborot» kanali.

← Roʻyxatga qaytish