BILASIZMI?
BILASIZMI?

«Tonirovka» uchun yangi narxlar belgilandi

«Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (646, 02.08.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, «tonirovka» narxlari orqa oyna (lobovoy) uchun tekin, orqa yon oyna uchun esa quyidagicha narxlar belgilanadi:

— jismoniy va yuridik shaxslarga – BHMning (bazaviy hisoblash miqdori) 10 baravari (2 mln 230 ming so‘m);

— xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga – BHMning 20 baravari (4 mln 460 ming so‘m).

Ilgari bu miqdor tegishlicha jismoniy shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 90 baravari, yuridik shaxslar uchun 120 baravari, xorijiy yuridik shaxslar uchun 140 baravarini tashkil etgan.

Old va orqa yon oynalar uchun (barcha yon oynalar):

— jismoniy va yuridik shaxslarga – BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m);

— xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga – BHMning 80 baravari (17 mln 840 ming so‘m).

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 1 yilga beriladigan ruxsatnoma asosida:

  1. a) yengil avtomobillar:

— orqa yon oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan miqdorda (to‘lov asosida);

— old yon oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 50 foizdan kam bo‘lmagan darajada o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsat etildi (to‘lov asosida).

  1. b) turistik avtobus, mikroavtobus va miniven yon oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi – 50 foizdan kam bo‘lmagan darajada (to‘lov asosida) o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsat etildi.

Avtotransport vositalarining orqa oynasini to‘liq hamda old oynasi (lobovoy)ning tepa qismi tusini eni 14 sm dan ko‘p bo‘lmagan polosa shaklida yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan miqdorda ruxsatnomasiz va tekin o‘zgartirish mumkin.

Qarorda belgilanishicha, mazkur qaror qabul qilingunga qadar amalda bo‘lgan to‘lov stavkalari bo‘yicha 2019 yil 1 yanvardan oynalarning tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun olingan ruxsatnomalarning amal qilish muddati mazkur qarorga muvofiq joriy etiladigan yangi to‘lov stavkalariga mutanosib ravishda uzaytiriladi.

2 oy muddatda tonirovka uchun belgilangan jarimalar miqdori tonirovka uchun to‘lov stavkalariga teng bo‘lgan miqdorda o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Ҳужжат ҳақидаги тўлиқ маълумот билан www.lex.uz сайти орқали танишиш мумкин.

 

Shaharlararo va xalqaro avtotransport vositalarida yo‘lovchi o‘zi bilan birga

— 5 yoshgacha bo‘lgan bir bolani bepul — alohida o‘rinsiz,

— 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolani chiptaning to‘liq bahosi 50 foiz chegirilgan holda — alohida o‘rin berilgan holda olib yurish huquqiga egadir.

— 10 yoshgacha bo‘lgan ikki nafar va undan ko‘proq bolalar olib yurilganda ulardan bittasi bepul, qolganlari — chipta to‘liq bahosining 50 foizi chegirilib, alohida o‘rin berilgan holda olib yuriladi.

 

O‘rindoshlarga ta’til asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi

O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek, o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha ta’tillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi.

Agar o‘rindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan bo‘lsa, u holda o‘rindoshlik asosidagi ishda ta’til uchun ishlangan vaqtga proporsional haq to‘lanadi.

Birinchi ish yilida olti oy ishlagan o‘rindoshlarning mehnat ta’tiliga, shuningdek, ishning keyingi yillari uchun mehnat ta’tiliga o‘rindoshlik asosidagi ishning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to‘lanadi.

 

Adliya vazirligining telegramdagi

«Huquqiy axborot» kanali.

← Roʻyxatga qaytish