Partiya safi kengaymoqda

 

O‘zbekiston XDP Hazorasp tuman kengashi xodimlari va deputatlik guruhi a’zolari tomonidan partiya ustavi va dasturi aholi orasida keng targ‘ib qilinib kelinmoqda. Natijada Hazorasp tumanidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining bir guruhi partiya safiga kirish istagini bildirib, ariza bergan edilar.

Yangi a’zolarni qabul qilish maqsadida O‘zbekiston XDP tuman kengashi Ijroiya Qo‘mitasi qarori qabul qilinib, a’zolik guvohnomalari rasmiylashtirildi.

O‘zbekiston XDP Hazorasp tuman Kengashi raisi, deputatlik guruhi rahbari M.Vaisov, maktab direktori, partiya faoli A.Ismoilov va boshqalar ishtirokida partiyaning yangi a’zolariga guvohnomalar tantanali topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish