Bir maqsad va g‘oya asosida birlashaylik

 

Ma’lumki, joylarda tashkil etilgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari yangi tuzilma hisoblanib, ularning faoliyat turi O‘zbekiston XDPning dasturiy maqsad va vazifalari bilan hamohangdir.

Joylarda mazkur markazlar bilan memorandumlar imzolanib, partiya bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Kuni kecha Bo‘ston tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi bilan O‘zbekiston XDP Bo‘ston tuman kengashining hamkorlik rejalari tasdiqlanib, markazning barcha mas’ul xodimlari partiya safiga qabul qilindi.

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi «Ayollar qanoti» rahbari hamda O‘zbekiston XDP Andijon viloyat kengashi raisi tomonidan markaz xodimlariga a’zolik guvohnomalari va partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish