Safimizdagi yoshlar loyihasi
Safimizdagi yoshlar loyihasi

 

O‘zXDP Shirin shahar kengashi raisi N.Akramova yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga keng jalb qilish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi.

Shirin energetika kollejida bo‘lib o‘tgan muloqotda N.Akramova yoshlarga oid qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar berildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish