Xotin-qizlar bilan muloqot
Xotin-qizlar bilan muloqot

 

O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tomonidan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirish oyligi”ni doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi mas’ullari, “Qumbiz ao‘il” boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari, partiya faollari, institut professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlar ishtirok etdi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va boshqa qonunosti hujjatlar, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, imtiyozli uy-joy, kreditlar ajratish, OTMlarga kirish uchun ajratilgan imtiyozli kvotalar hamda homilador va yosh bolali ayollar uchun mehnat qonunchiligida belgilangan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, partiya dasturiy maqsad va vazifalari targ‘ib qilindi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish