Aholi muammolari yechimida Jamoatchilik qabulxonalarining o‘rni
Aholi muammolari yechimida Jamoatchilik qabulxonalarining o‘rni

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashida “Aholini bezovta qilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda Jamoatchilik qabulxonalarining o‘rni” mavzusida onlayn o‘quv tashkil etildi.

Partiyaning barcha hududiy kengashlari mas’ullari ishtirok etgan o‘quvda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Deputatlik birlashmalari ishini muvofiqlashtirish va Jamoatchilik qabulxonalari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i B.Yusupov so‘zga chiqib, jamoatchilik qabulxonalarini yuritish, xonalarini jihozlash, fuqarolarni qabul qilish va ular bilan muloqotda bo‘lish, muammolarini ijobiy hal qilish va boshqa tavsiyalar haqida atroflicha tushuntirish berib o‘tdi.

Shuningdek, partiya tomonidan saylovlardan keyin shu kunga qadar Jamoatchilik qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar, hal etilganlari va hal etilmay qolganlari bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotganligi haqida ham ma’lumot berildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish