O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov hududlardagi partiya tashkilotlari raislari, faollari bilan uchrashuvlarini davom ettirmoqda.
Samarqand viloyat partiya kengashida o‘tgan navbatdagi muloqotda amaliy ishlar, oldinda turgan ustuvor vazifalar, muhim masalalar muhokama qilindi.
Samimiy va ochiq suhbatda faollar yurtimizdagi demokratik jarayonlarda munosib qatnashish, dasturiy maqsadlarni samarali amalga oshirish, qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali yechim topadigan masalalar, joylarda elektorat manfaatlarini himoya qilish, partiyamizning ijtimoiy-siyosiy pozitsiyasini yanada mustahkamlash kabi vazifalar yuzasidan o‘z taklif-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Yangicha yondashuv bilan ishlashga doir tashabbuslar tinglandi.
O‘zbekiston XDP hududiy kengashlaridagi deputatlik guruhlari faoliyati, tashkiliy, mafkuraviy hamda targ‘ibot borasidagi yutuq va kamchiliklarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlar hamda ularning ahamiyati haqida suhbatlashildi. Har bir tashabbus va islohotlar jamiyat hamda mamlakat taraqqiyoti uchun amalga oshirilayotgani to‘g‘risida fikrlar bildirildi.