“Siyosatchi ayol” ko‘rik-tanlovi dastlabki g‘oliblari aniqlandi
“Siyosatchi ayol” ko‘rik-tanlovi dastlabki g‘oliblari aniqlandi

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ayolni ulug‘lash, uni ijtimoiy muhofaza qilish va jamiyatdagi nufuzini oshirish borasida qabul qilingan barcha muhim hujjatlar xotin-qizlarning iste’dod hamda imkoniyatlarini  namoyon etish uchun sharoit yaratib berdi, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratildi.


“O‘zbekiston-2030” strategiyasi hamda “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi”da belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston XDP Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etishda partiya safidagi xotin-qizlar salohiyatidan samarali foydalanish, qolaversa, xotin-qizlarning siyosiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, yuksak bilim va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni aniqlash, partiya safiga va tizimiga yosh xotin-qizlarni jalb qilish, ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokini yanada kengaytirish, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida partiya tizimida “Siyosatchi ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.
Belgilangan Nizomga muvofiq ko‘rik-tanlovda “Xotin-qizlar muammosini hal etishning eng samarali yo‘li”, “Siyosiy hozirjavoblik” hamda “Erkin mavzu” shartlari orqali qatnashchilarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib deb topilgan faollarga O‘zbekiston XDP viloyat kengashining I-, II- va III darajali diplomlari, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

 

← Roʻyxatga qaytish