Xotin-qizlarga ko‘mak
Xotin-qizlarga ko‘mak

Ushbu islohotlarning ijrosini ta’minlash maqsadida partiya faoli bo‘lgan tuman oila va xotin qizlar bo‘limi rahbari hamda Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari tavsiyalari va yordami bilan 1 nafar yoshga moto-kultivator, 1 nafariga noutbuk va “Ayollar daftari” da turgan 15 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinalari topshirildi. 



Tuman hokimi, tashkilot rahbarlari, partiya faollari va deputatlar tashabbusi bilan “Xotin-qizlarga ko‘mak” loyihasi doirasida yangi ish faoliyatini boshlagan tikuvchilik sexiga 15 nafar xotin-qizlar ishga qabul qilinib, bandligi ta’minlandi. Endilikda zamonaviy sexda aholi va bozor talabidan kelib chiqib, turli tuman kiyim-kechaklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.



← Roʻyxatga qaytish