Sog‘lom ona, sog‘lom bola
Tumandagi mahallalarda istiqomat qiluvchi 32 nafar yosh onalar farzandlari bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik jarayonida tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bosh shifokori Matluba Mirtursunova ona bolalarning salomatligini tekshirib, ularga tegishli maslahatlar berdi.
Taraqqiyotning yangi bosqichida ham “sog‘lom ona va sog‘lom bola”, “sog‘lom onadan sog‘lom bola” kabi ezgu g‘oya asosida juda ko‘plab dasturlar amalga oshirilmoqda,- deydi tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bosh shifokori Matluba Mirtursunova.
O‘tkazilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng 4 nafar yosh onaga davolanishi uchun yo‘llanmalar, qolgan 28 nafar yosh onaga tegishli maslahatlar va tavsiyalar berildi.