“Siyosatchi ayol” ko‘rik-tanlovi Qoraqalpog‘iston tumanlarida

O‘zbekiston XDP Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etishda partiya safidagi xotin-qizlar salohiyatidan samarali foydalanish, yuksak siyosiy bilim va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni aniqlash, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar muammolarini bartaraf etishning samarali usullarini aniqlash va ommalashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovning mazkur hududlardagi bosqichlarida ham  ishtirokchilar chuqur bilim va saviyaga ega ekanliklarini namoyish etdilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra Mo‘ynoq tumanida “Qazakdaryo” ovul fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Gulsima Sulaymanova g‘olib deb topildi. Amudaryoda esa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ona tili fani o‘qituvchisi Charosxon Norimbetova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

G‘olib va ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

← Roʻyxatga qaytish