YeXHT byurosi delegatsiyasi bilan muloqot o‘tkazildi
YeXHT byurosi delegatsiyasi bilan muloqot o‘tkazildi

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashida YeXHT demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi delegatsiyasi vakillari delegatsiya rahbari Keara Kastaldo, saylov bo‘yicha maslahatchi Kaxa Inaishvili bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Partiya Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov Xalq demokratik partiyasining asosiy g‘oyalari, dasturiy maqsadlari, davlat va jamiyatni yanada demokratlashtirishda tutgan pozitsiyasi haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, partiya tashkilotlari faoliyati, joriy yilda parlament va mahalliy Kengashlarga o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik jarayonlari xususida ham so‘z bordi. Saylov qonunchiligi va amaliyoti, faol siyosiy texnologiyalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv ochiq, amaliy muloqot ruhida o‘tdi.

 

 

 

 

Teglar

Saylov
← Roʻyxatga qaytish