O‘zbekiston XDP Buxoro shahar, Buxoro, Qorovulbozor, Kogon, Qorako‘l hamda Shofirkon tumanlari kengashlari tomonidan “Siyosatchi ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
O‘zbekiston XDP Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etishda partiya safidagi xotin-qizlar salohiyatidan samarali foydalanish, yuksak siyosiy bilim va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni aniqlash, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar muammolarini bartaraf etishning samarali usullarini aniqlash va ommalashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovning mazkur hududlardagi bosqichlarida ham ishtirokchilar chuqur bilim va saviyaga ega ekanliklarini namoyish etdilar.
Tumanlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xotin-qizlar Buxoro viloyati bosqichidagi bellashuvlarga tayyorgarlikni boshlab yubordi.