Bugungi kunda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazish orqali ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida mahallalarda sektorlar rahbarlari tomonidan sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Xalq deputatlari Chortoq tuman kengashiga O‘zXDPdan saylangan deputat Baxtiyor Xolmirzayev tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ilhomjon Sattarov va “To‘pqayrag‘och” mahallasida yashovchi aholi vakillari ishtirokida o‘tgan sayyor qabulda qator murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Tibbiyot, maktabgacha ta’lim tashkiloti ochish, ichki yo‘llarni asfaltlash, ishga joylashish kabi masalalar yechimi yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, imkoniyat darajasida amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.