Biz Xalq demokratik partiyasini tanlaymiz
Biz Xalq demokratik partiyasini tanlaymiz

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi faoliyatiga qiziqish, ayniqsa, yoshlar orasida tobora ortib boryapti. Kuni kecha qoraqalpog‘istonlik bir guruh yoshlar Nukus shahar kengashida partiyaga a’zolikka qabul qilindi.

Ta’kidlandiki, siyosiy partiya aholining ma’lum bir qatlami manfaatlarini himoya qiluvchi kuch hisoblanadi.

Xususan, Xalq demokratik partiyasi ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ijtimoiy adolat va tenglik, ijtimoiy birdamlik, ijtimoiy demokratiya mezonlariga mos keladigan ijtimoiy demokratik davlat barpo etishni o‘zining oliy maqsadi deb hisoblaydi. Shundan kelib chiqib, turli tashabbuslarni ilgari suradi.

Tadbirda Nukus shahar partiya kengashi raisi J.Usnatdinov ana shular haqida yoshlarga atroflicha tushuncha berdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish