Hokim va deputat qabuli
Hokim va deputat qabuli

 

Xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan Chimboy tumanida «Hokim va deputat qabuli» tashkil etildi.

Tuman hokimi va deputatlar mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hudud aholisining turmush darajasini oshirish va takliflarini o‘rganish, muammolariga yechim topish, bandligini ta’minlash maqsadida ularning taklif va muammolarini tingladi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank xizmatlari, sog‘liqni saqlash, bandlik, yer ajratish, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid 74 ta murojaat tinglandi.

Qabul davomida barcha murojaatlar tegishlicha o‘rganildi, ko‘pchiligiga shu joyning o‘zida yechim topildi va vaqt talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlar yordamida ijrosini ta’minlashga qaratildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish