Qo‘qon shahrida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil etilmoqda
Qo‘qon shahrida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil etilmoqda

 

Qo‘qon shahridagi mahallalarda "mahalla yettiligi" faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish ishlarini kompleks tashkil etish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar holatini tahlil etish maqsadida deputatlardan iborat ishchi guruh o‘z faoliyatini boshladi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qo‘qon shahar kengashida tuzilgan shahar ishchi guruhi a’zolari tomonidan "G‘isht ko‘prik", "Parpashobof", "To‘xlimergan" va "Baqa chorsu" MFYlarida "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda o‘rganishlar olib borildi.

Ishchi guruhining o‘rganishlar natijasi yuzasidan umumiy xulosalari tegishli tashkilotlarga yuborildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish