Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

 

Toshloq tumanidagi Varzak MFYga qarashli 57-Oilaviy poliklinikada O‘zbekiston XDP tuman tashkiloti deputatlik guruhi tashabbusi bilan hududdagi aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasalliklarni erta bosqichda aniqlab, sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish va yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida yoshlar hamda xotin-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Terapevt, kardiolog, LOR, dermatolog, ginekolog, UZI, stomatolog, pediatr kabi mutaxassislar tomonidan 70 nafardan ziyod aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan 15 nafar fuqaroga bepul dori-darmonlar tarqatildi. Kasalligi aniqlangan 2 nafar shaxsga statsionar, 10 nafariga ambulator sharoitda davolanishlari uchun tavsiyalar berildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish