Bir yillik faoliyat sarhisobi
Bir yillik faoliyat sarhisobi

 

O‘zbekiston XDP Kitob tuman kengashi tomonidan VI plenum o‘tkazildi. Plenumda partiya faollari, boshlang‘ich partiya tashkiloti yetakchilari, xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputatlari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Kitob tuman partiya kengashi raisi Z.Norova plenum kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib, partiyaning 2023 yildagi faoliyati, partiya guruhining amalga oshirgan ishlari, sessiya muhokamasidagi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, partiya Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha komissiya tarkibi tuzib olindi.

Yig'ilishda o‘'tgan yillik faoliyat sarhisob qilinar ekan, kelgusidagi dolzarb vazifalarga ham e'tibor qaratildi. Oldinda turgan muhim siyosiy jarayonga tayyorgarlik ko'rish, yo'l qo‘yilgan xato va kamchiliklardan to'g'ri xulosa chiqargan holda, ishni yanada sifatli tashkil etish borasida fikr almashildi.

Plenum ishida 2023 yilda faoliyatini namunali tashkil etgan boshlang'ich partiya tashkilotlari raislariga tuman partiya kengashining esdalik sovg‘alari va Faxriy yorliqlar topshirildi. Bundan tashqari partiyaga o'z hayrixohligini bildirgan xotin-qizlar va yoshlar partiyaga qabul qilindi.

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish