Ayol jamiyat ko‘zgusi
Ayol jamiyat ko‘zgusi

 

O‘zbekiston XDP Chirchiq shahar kengashi raisi N.Rahmonberdiyeva tomonidan Axborot-kutubxona markazida "Ayol va jamiyat" mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Unda partiyaning Saylovoldi dasturi hamda BPT faoliyatidagi belgilan maqsad vazifalar ijrosi haqida so‘z yuritildi.

Markaz direktori A.Xojekeyeva hamda markaz xodimlari bilan muloqot davomida partiya faoliyatiga oid masalalarda fikr almashildi, yig‘ilganlarning savollariga javob berildi.

Yig'ilish ishtirokchilariga jamiyat taraqqiyotida xotin-qizlarning ishtiroki va o'rni, ularga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi masalalar to'g'risida atroflicha tushuntirish berildi.

Shuningdek, "O‘zbekiston -2030" strategiyasi mamlakatimizning kelgusi yetti yil davomidagi rivoji asosiy yo‘nalishlarini belgilab bergani bilan ahamiyatli bo‘lib, strategiyada ustuvor maqsadlar ifoda etilganiga e’tibor qaratildi. 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilganligi, ushbu strategiyaning har bir bandi mamlakatimiz taraqqiyotiga, xalqimiz manfaatlariga xizmat qilishi haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish