Bolalar hamisha partiyamiz e’tiborida
Bolalar hamisha partiyamiz e’tiborida

 

Xlebushkina – bu o‘nlab bolani bag‘riga olgan, tarbiyalab, mehr ko‘rsatib, ularning kelajagi uchun qayg‘uradigan maskan. Ushbu muassasa tarbiyalanuvchilari orasida yaxshi sportchilar, fan olimpiadalari va boshqa turli tanlovlar g‘oliblari ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi tadbir A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining yozgi ta’tiliga yanada mazmun ulashish maqsadiga qaratildi. Xususan, Toshkent shahridagi akvaparkda sog‘lomlashtirish dasturi tashkil qilindi.

Bilamizki, mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir sharoitlarda yashovchi, daromadi kam oilalar davlat himoyasida. Jumladan, davlatimiz yetim va ota-onalarning vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi. Shuningdek, onalik va bolalikni muhofazalash, bolalarni har tomonlama himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash borasida yuzlab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Albatta ko‘rilayotgan chora-tadbirlar besamar ketmayapti. 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari orasidan futbol bo‘yicha Jahongir Ochilov, rassomchilikda Mirjahon Hakimov nom qozongan bo‘lsa, Sevinch Jabborova ashula va raqs yo‘nalishi bo‘yicha katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

Partiyaning Toshkent shahar kengashi mas’ullari hamkorligida o‘tkazilgan sog‘lomlashtirish aksiyasida ishtirok etgan yoshlar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etish uchun xorijga jo‘nab ketishadi. Demak, yana bir yaxshi natija va yutuq uchun qadam qo‘yiladi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish