Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida ham yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq qator vazifalar belgilangan va ular izchil hayotga tatbiq etilyapti. Shu kunlarda mamlakatimizda kechayotgan muhim siyosiy jarayon – Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlarga deputatlik saylovlarida ham aholi, xususan, yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash diqqat-e’tiborda.
O‘zXDP Markaziy Kengashi Toshkent shahar kengashi bilan hamkorlikda yoshlar bilan uchrashuv tashkil qildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Raxmonov ishtirok etgan samimiy muloqot davomida saylov yoshlarga o‘z ovozini, pozitsiyasini eshittirishga imkon berishi, jamiyatdagi muammolarni yechish uchun e’tibor qaratish omili bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Saylov huquqi, saylovni yuqori saviyada o‘tkazish jarayoni va uning o‘ziga xos xususiyatlari, saylov jarayonida ko‘ngillilar bilan ishlashning huquqiy asoslari va zamonaviy uslublari, saylovda yoshlarning ishtiroki va uni samarali tashkil etish kabi muhim masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.