Kun tartibidagi 9 ta masala yuzasidan O‘zXDP tuman kengashi raisi G.Mo‘minova va O‘zbekiston XDP tuman kengashi deputatlik guruhi rahbari Sh.Hakimovalar, tuman kengashi taftish komissiyasi raisi D.Yakubov, vakolat komissiyasi raisi Sh.Ergashevalar 2019-2024 yilgi hisobot davrida olib borgan ishlari yuzasidan ma’ruza qilishdi. Fikr-mulohazalar bildirilgach, Konferensiya delegatlari bilan birgalikda qaror loyihalari tasdiqlab olindi.
Konferensiya ishini yakunlagan so‘ng Pop tuman partiya tashkilotining 1-tashkiliy plenumi o‘tkazildi. 1-tashkiliy plenumda Mo‘minova Gulbahor Solievna O‘zbekiston XDP Pop tuman kengashi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston XDP Pop tuman kengashi raisi etib saylandi. Shuningdek, ijroiya qo‘mitaning 5 nafar a’zolar saylandi.
Yakunda partiyaning faol a’zolariga O‘zbekiston XDP Pop tuman kengashining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga hayrihoh bo‘lgan Hakimov Jahongir Jo‘rayevich partiyaga a’zo qilinib, partiya guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.