Ularda partiyamiz vakillari tomonidan saylovchilar ishonchini qozonish, oldinda belgilangan ustuvor vazifa hamda maqsadlar bo‘yicha tushuntirish va ma’lumotlar berishga ham alohida e’tibor berilyapti.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi tomonidan Sharof Rashidov tumani, “Bobur” MFY hududida joylashgan 22-sonli oilaviy poliklinikasida imzo to‘plash tadbiri tashkil qilindi.
Jarayonda mahalla aholisi hamda tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashilib, ularga partiyaning 5 yil davomida partiya g‘oyalari asosida amalga oshirilgan ishlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbirda nuroniylar so‘zga chiqib, saylovlarda partiyaning ishtirok etishini ma’qullab, partiyaning amaliy faoliyatidan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Imzo varaqalariga partiyaning maqsad va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan holda imzo qo‘yishdi.