Oldinga qo‘yilgan vazifalarni samarali tashkil etishga erishish maqsadida O‘zXDP Sardoba tuman Kengashi raisi S.Nomozov, tuman kengashi deputati M.Aliqulov hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimi F.Jo‘rayevlar tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan muloqot qildi.
Suhbat davomida turli xil kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish, xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning tibbiy madaniyatini oshirish ayollar va o‘smir qizlarni sog‘lomlashtirish maqsadida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi. Muloqot so‘nggida aholi salomatligini saqlash, ularning tibbiy madaniyatini oshirishda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borgan holda aholiga tushuntirishlar berib borilishiga kelishib olindi.