Tadbirda Oʼzbekiston XDP Markaziy hamda Toshkent shahar kengashlari masʼul xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatlari, “Аyollar qanoti” faollari, Oʼzbekiston Аyollar va qizlar uyushmasi rahbariyati va faollari hamda OАV xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda saylov qonunchiligiga kiritilgan yangiliklar, jumladan, aralash saylov tizimi, deputatlikka koʼrsatilayotgan nomzodlarning 40 foizini ayollar tashkil etishi lozimligi va bu borada siyosiy partiyalarning NNTlar bilan hamkorligi xususida soʼz yuritildi. Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, saylov jarayonlarida ularning ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama etildi va bu borada partiya va NNT hamkorligini yanada kuchaytirish hamda Oʼzbekiston Аyollar va qizlar uyushmasi bilan kelgusida amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi.
Shuningdek, Oʼzbekiston XDP dasturida nazarda tutilgan xotin-qizlarga oid vazifalarning ijrosi toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilari Oʼzbekiston XDP yangi Saylovoldi dasturi uchun qator takliflari bilan oʼrtoqlashishdi.