Siyosiy bilimlar mustahkamlanmoqda
Siyosiy partiya faolidan yoki partiya deputatidan eng avvalo joylarda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar voqealarning asl mohiyatini oddiy, ta’sirchan so‘zlarda keng jamaotchilikka yetkazib berishi talab etiladi. Ushbu siyosiy o‘quvlar esa partiya faollarining siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlashda mustahkam zamin yaratadi.
Siyosiy o‘quv seminarida viloyat Kengashi raisi M.Sultonova, mafkura va targ‘ibot masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari I.Xoshimovalar ishtirokchilarga 2024 yil 27 oktabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.