Ijtimoiy himoyadan ijtimoiy faollik sari
Ijtimoiy himoyadan ijtimoiy faollik sari

Unda “Ijtimoiy himoyadan ijtimoiy faollik sari” loyihasi doirasida “Аyollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga koʼmaklashish, kam taʼminlangan, ishsiz, nogironligi boʼlgan xotin-qizlarni xohish va qobiliyatiga qarab, kasb-hunarga oʼqitish, ularni tadbirkorlik, kasanachilik faoliyatiga jalb etish masalalari muhokama qilindi.


Tadbir doirasida mamlakatimizda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, qobiliyat va imkoniyatlarini roʼyobga chiqarishlari uchun yaratilgan tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yuzasidan xotin-qizlar orasida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, monomarkazda tahsil olayotgan “Аyollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar roʼyxati shakllantirilib, ish bilan taʼminlashga koʼmaklashishga kelishib olindi.



← Roʻyxatga qaytish