O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan “Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida yoshlarning siyosiy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan “Yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi mas’ul xodimlari, partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Saylov shtabi a’zolari va volontyor yoshlar ishtirok etdi.
Yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda saylov qonunchiligiga kiritilgan yangiliklar, shu jumladan, aralash saylov tizimi hamda partiyaning maqsad va vazifalari tushuntirildi. Shuningdek, tadbirda saylovlar jarayonida 12 qadamni o‘zida mujassam etgan saylovoldi dasturi ijrosi yuzasidan belgilab olingan maqsadlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Muloqot davomida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi.