O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jarqo‘rg‘on tuman kengashi raisi Ch.E.Yusupov tomonidan O‘zXDP faol xotin-qizlari ishtirokida tumandagi 24-umumta’lim maktabida “Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda tuman kengashi raisi bugungi globallashuv jarayonida yangi avlodning har qanday sharoitga nisbatan faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalasida xotin-qizlarning o‘rni va roli har qachongidan-da muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Muloqotda shuningdek, ayol va uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamisha muhim mezon bo‘lib kelganligi, ayollarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini to‘laqonli ta’minlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar to‘g‘risida ham batafsil to‘xtalib o‘tildi.