Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputatlari va Oliy Majlis senatori tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarining sifatli tashkil etilganligi hamda yaratilgan sharoitlar tekshirildi.
Muassasa rahbarlariga yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, sinfxonalar va maktab koridorlarini belgilangan tartibda jihozlash, o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlash, bolajonlarga sharoitlar yaratib berish, kadrlar salohiyati, o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratish lozimligi haqida ta’kidlab o‘tildi.