Toshkentlik nomzodlarimiz xalq orasida
Toshkent shahar Bektemir tumanidagi Zabardast mahalla fuqarolar yig‘inida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga nomzod Gulnora Zayniddinovaning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqotda partiyaning saylovoldi dasturi hamda nomzod haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga mahalla hududida partiyaning targ‘ibot punkti tashkil etilib, targ‘ibot vositalari tarqatildi.
Saylovchilar bilan muloqotlarda yurtdoshlarimiz saylovda faol qatnashishga hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va nomzodlariga ovoz berishga chaqirilmoqda!