Sharafli kasb egalari e’tirof etildi
Denov tumanidagi tantanalar saroyida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda tuman ta’lim tashkilotlari mutasaddilari, ilg‘or o‘qituvchilar, tizimda samarali mehnat qilayotgan faxriy ustoz-murabbiylar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ta’lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylar hamda soha faxriylariga Denov tuman hokimi va O‘zXDP Denov tuman kengashi raisi Hasan Mirzayev faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirdi.
San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ustozlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.