Targ‘ibotlar faol davom ettirilmoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Toshkent viloyati Bo‘ka tumani "Bo‘ston" MFYda faollar, boshlang‘ich partiya tashkilotlari, volontyorlik guruhlari hamkorligida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Uchrashuvda partiyaning yangi Saylovoldi dasturi, nomzodlar tanishtirildi hamda "Xo‘jaqo‘rg‘on" MFY da yashovchi 1-guruh nogironligi bo‘lgan Umid Ne’matov va ehtiyojmand oila vakili Dilshod Qosimovlar xonadoniga tashrif buyurib, partiyamizda ko‘rsatilgan nomzodlar o‘z saylovoldi dasturlari bilan tanishtirishdi.

Shuning bilan birga, fuqarolar saylovda faol bo‘lishga hamda Xalq demokratik partiyasi nomzodlariga ovoz berishga chaqirildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish