Har bir inson farovonligi uchun ovoz bering!
O‘zXDP Jizzax viloyat kengashi Yoshlar va hotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i D.Turg‘unova Zomin tumanidagi Yoshlar markazi binosida elektorat vakillari bilan uchrashdi.
Muloqotda partiyaning yangi saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritilib, davlat va jamiyatni rivojlantirish, huquqlar va imkoniyatlar tengligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishga oid ko‘plab taklif va tashabbuslar ilgari surilgani to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi.