Partiya kuzatuvchilari uchun seminar o‘tkazildi

 

Joriy yil 27-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga deputatlik saylovi nafaqat partiyamiz uchun mas’uliyatli hamda muhim siyosiy jarayon, balki butun xalqimizning ertangi kuni, farovonligi, davlatimizning ravnaqi, dunyo hamjamiyatidagi mavqei, siyosiy imiji uchun ham ahamiyatli hisoblanadi.

Saylov demokratiyaning eng muhim belgisi, fuqarolar xohish-irodasi ifodalanishining mustahkam kafolatidir.

Saylovlarni milliy saylov qonunchiligi hamda xalqaro saylov standartlariga muvofiq ochiq, oshkora, adolatli va shaffof o‘tkazishning toshu-tarozisi sifatida kuzatuvchilik institutining o‘rni beqiyos hisoblanadi.

Bugungi kunda partiya hududiy kengashlari partiya faollari orasidan 11 032 nafar shaxs kuzatuvchi sifatida tanlab olinib, Markaziy saylov komissiyasining e-saylov.uz axborot tizimiga kiritib mandatlar olindi.

Tanlab olingan kuzatuvchilarni saylov kuni o‘z faoliyatlarini samarali amalga oshirishini ta’minlash maqsadida 2 bosqichli o‘quv seminar treningi tashkil etish rejalashtirildi.

1-bosqichda Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar partiya kengashlari raislari (14 nafar) hamda tuman (shahar) kengash raislarini (208 nafar) o‘qitildi.

2-bosqichda hududlar kesimida saylov uchastka komissiyalari soni bo‘yicha saralangan kuzatuvchilarni (jami 11 032 nafar) tuman partiya kengashi raislari tomonidan 22-24 oktabr kunlari o‘qitish rejalashtirilgan.

21-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘quv seminarda partiyaning ja’mi 222 nafar xodimi “Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlarning mohiyati, partiya kuzatuvchisining huquq va majburiyatlari, ovoz berish vaqti va tartibi, muddatidan oldin ovoz berish hamda saylov kuni ovoz berish jarayonida kuzatuvchi harakatlarining ketma-ketligi kabi mavzular yuzasidan tushunchalar berildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish