Ijtimoiy tenglik uchun ovoz bering!
Ijtimoiy tenglik uchun kurashayotgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Xorazm viloyatidagi faollari ham shu kunlarda targ‘ibot uchrashuvlarini kuchaytirgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ham Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga ko‘rsatilgan nomzodlar ijtimoiy soha obyektlari, mahallalar, do‘konlar, aholi xonadonlarida bo‘lib, partiyaning g‘oyalarini tushuntirmoqda.
Saylovchilarning savollariga batafsil javoblar berilib, saylovda faol ishtirok etish, Xalq demokratik partiyasi va uning nomzodlariga ovoz berishga chaqirilyapti.