Targ‘ibot tadbirlari oxirgi bosqichlarga yetib kelgan pallada jarayon yanada qizg‘in tus oldi. Barcha hududlarda deputatlikka ko‘rsatilgan nomzodlar odamlar bilan yuzma-yuz muloqotga kirishdi. Xususan, Tuproqqal’a tumanidagi XDP nomzodlari deputatlikka ko‘rsatilgan nomzodlar mahallalar, xonadonlarda bo‘layotgan Xalq demokratik partiyasi nomzodlari saylovchilarni partiyani qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda.
Oldingi saylovlardan farqli o‘laroq, bu galgi saylovlarni yuqori kayfiyat va aniq maqsadlar bilan kutib olayotgan saylovchilarimiz ovoz berishda faol ishtirok etish uchun bugun partiya va deputatlikka ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan tanishmoqda.
Muloqotda viloyat Kengashi deputatligiga nomzod A.Matmuratov, tuman Kengashiga nomzodlar D.Raximov, M.Yaroshev, G.Sobirova, X.Sultanov, D.Palvanov, M.Aminov Oxunbabayev, “Yoshlik”, “Navbahor”, “Muhabbat”, “Pastom”, “Obod”, Saidlar, “Saxovat”, “Sayapir” mahallalarida saylovchilar bilan uchrashdi. Nomzodlar o‘zlarining saylovoldi dasturidagi g‘oya va maqsadlariga to‘xtalar ekan ijtimoiy himoya, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillari ustuvor ekaniga urg‘u berdilar.
Xorazmning yana bir hududida viloyat Kengashi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzod Muqaddas Sharipova va Urganch tuman Kengashi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzod Rohila Madrahimova Urganch tumani “Oq oltin” mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashdi.
Unda nomzodlar partiyaning dasturiy maqsadlari hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, barchani saylov kuni O‘zbekiston XDP va undan ko‘rsatilgan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar.