Uyda o‘qiyotgan bolalarning sharoiti deputat nazoratida

 

O‘zbekiston XDP Qo‘rg‘ontepa tuman kengashi xodimlari xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zosi F.Qodirova bilan hamkorlikda inkluziv ta’lim masalasini o‘rgandi.

Ishchi guruh a’zolari 2024-2025-uquv yilida tumandagi 1-son umumta’lim maktabida yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning uylarida bo‘ldi. O‘qitish jarayonlari deputatlik nazorati tartibda tahlil qilindi.

Xususan, ustozlar bilan birga o‘quvchilarning darsxonalari, ularga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. O‘quv qurollari bilan ta’minlanishi nazoratdan o‘tkazildi.

Deputat, shuningdek, dars jadvallari bilan tanishdi, ota onalar bilan suhbatlashdi va ularni tashvishga solayotgan masalalar haqida so‘radi.

Ochiq muloqot chog‘ida ko‘tarilgan masalalar joyida hal etildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish