Elektorat bilan hamnafas

O‘zbekiston XDP Namangan viloyat kengashi xodimlari “Kar-soqovlar” jamiyati viloyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib bordi. Ushbu jarayonda bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shu bilan birga, yaratilayotgan sharoitlar, jamiyatda kar va soqovlarning roli, mehnat faoliyati hamda ularning manfaatlarini himoya qilish masalalari haqida suhbatlashildi. Jamiyat a’zolaridan sohaga oid takliflar olinib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.