Fuqarolar murojaatlari e’tiborda

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Nishon tumani kengashi raisi Asqar Bekkamov "Navbahor" mahallasining fuqarosi, 2-guruh nogironi To‘xtamurod Sobirqulovning murojaatini qabul qildi.
Fuqaro uy-joyini ta’mirlashda yordam so‘radi. Partiya yetakchisi masala bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘landi. Masala yechimi yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.